Statistika: O‘zbekiston yalpi ichki mahsulot hajmi o‘sdi
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston yalpi ichki mahsulot hajmi bo‘yicha ma’lumot berdi. Unda qayd etilishicha, 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 580 203,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2019-yil bilan taqqoslaganda 1,6 % ga o‘sdi.
2020-yilda aholi jon boshiga hisoblangan YaIM hajmi joriy narxlarda 16 949,1 ming so‘mni (yoki 1 685,5 AQSh dollari ekvivalentida) tashkil etgan.
2020-yil yakuni bo‘yicha YaIM tarkibida tovarlar ishlab chiqarishda 341 467,5 mlrd. so‘m, xizmat ko‘rsatish sohasida 194 363,5 mlrd. so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratildi. Mahsulotlarga sof soliqlar esa 44 372,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter