Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adham Ikromov Tojikiston bilan taxminan necha million dollarlik shartnoma imzolanishini aytdi

Adham Ikromov Tojikiston bilan taxminan necha million dollarlik shartnoma imzolanishini aytdi

Foto: Xalqaro press-klub

O‘zbekiston prezidentining Tojikistonga rasmiy tashrifi davomida ikki mamlakat o‘rtasida qator eksport-import shartnomalari imzolanishi kutilmoqda

«O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi boshqa davlatlardagi hamkasblar bilan hamkorlik uchun har yili yangi yo‘l xaritasini tayyorlaydi», — dedi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov «Sputnik O‘zbekiston» radiosiga bergan intervyusida.

«Biz O‘zbekiston-Tojikiston ishbilarmonlar kengashini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdik. Ayni vaqtda investitsiya paketlariga egamiz. Bizning tomondan va Tojikiston tomonidan bu taxminan 15-20 million dollarni tashkil etadi, O‘zbekiston prezidentining Dushanbega tashrifi doirasida ushbu eksport-import shartnomalarini imzolashni rejalashtirmoqdamiz», — deb ta’kidladi O‘zbekiston SSP raisi.

Ikramovning aytishicha, tashkil etilayotgan kengashda har ikki tomondan 15 nafardan vakil, xususan, amaldorlar, biznesmenlar va ikki mamlakat Savdo-sanoat palatasi vakillari bo‘ladi.

Ushbu yangi guruhning birinchi majlisi tez orada o‘tkazilishi mumkin. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi esa joriy yil mart oyiga rejalashtirilgan.

Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rejalashtirilgan tashrifi yakunlari bo‘yicha 20dan ortiq hujjat imzolanishi ko‘zda tutilgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring