Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 142 million dollarga kamaydi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 142 million dollarga kamaydi

O‘zbekiston Markaziy banki oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risidagi yangi ma’lumotni taqdim etdi.

Hisobotda keltirilishicha, yalpi oltin-valyuta zaxiralari o‘tgan oyga nisbatan 142 million dollarga kamaygan.

Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.

Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining (Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bundan mustasno) Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi valyuta mablag‘larini, ya’ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring