O‘zbekiston 10 million dollarlik hunarmandlik mahsulotlarini eksport qildi
Joriy yilda O‘zbekistondan 10 million dollarlik hunarmandlik mahsulotlari eksport qilindi. Bu haqda bugun bo‘lib o‘tgan Jahon hunarmandlar kengashi Osiyo-Tinch okeani mintaqasining (WCC- ARR) 38-Bosh Assambleyasidan so‘ng ma’lum qilindi. Onlayn tarzda o‘tkazilgan ushbu anjumanda O‘zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi hamda Savdo-sanoat palatasi ishtirok etdi.
Xabar qilinishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda hunarmandchilik jadal rivojlanib bormoqda. Jahon hunarmandlar kengashi prezidenti Rozi Grinliz bunga alohida urg‘u berib o‘tdi. «O‘zbekistonda bo‘lganimizda hunarmandchilik rivojiga guvoh bo‘ldik. Bu bizni hursand qilmay qolmaydi. O‘zbekistonda o‘tgan kunlarimiz yoddan chiqmaydigan bo‘ldi», — deya ta’kidlab o‘tdi Rozi Grinliz.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda ayniqsa kulolchilik, yog‘och o‘ymakorligi va hattotlikka qiziqish katta bo‘lib, yillik eksportning asosini aynan shu mahsulotlar tashkil etmoqda. Shuningdek hunarmandchilikning boshqa sohalari ham jadal rivojlanib boryapti. 2017 yilga qadar «Hunarmand» uyushmasida 10 mingga yaqin a’zosi bo‘lgan bo‘lsa, ayni vaqtda ularning soni qariyb uch barobar ko‘paydi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan Qo‘qon shahrida hunarmandlar festivali bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu xalqaro tadbir yurtimizda soha rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgani 38-Bosh Assambleyada ta’kidlab o‘tildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter