O‘zbek qalampiriga turklar xaridor
«O‘zbekoziqovqatxolding» turk kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma doirasida bu mamlakatga 49 million dollarlik 35 ming tonna quritilgan achchiq qalampir yetkazib beradi. Bu haqda «Podrobno.uz» sayti xolding boshqaruvi raisi Tohirjon Jalilovga asoslanib xabar berdi.
Jalilovning aytishicha, ayni paytda O‘zbekiston Turkiya bilan 200 ming tonna quritilgan achchiq qalampirni yetkazib berish ko‘zda tutilgan yana bir yirik shartnomani ko‘rib chiqyapti. Xolding Rossiya va Xitoy bilan ham umumiy qiymati 45,9 million dollarlik 40,3 ming tonna qalampir yetkazib berish bo‘yicha shartnomani imzolagandi. Yetarlicha hosil olish uchun «O‘zbekoziqovqatxolding» Hindiston, Indoneziya va Janubiy Koreyadan 15,6 tonna qalampir urug‘ini keltirgan va 15,6 ming gektar yerga urug‘ qadagan edi», — deyiladi sayt xabarida.
Ekspertlar bir gektar yerdan 15-20 tonna qalampir olish mumkinligini ta’kidlashgan. Bir kilogramm quruq qalampir olish uchun esa 4-5 kilogramm ho‘l qalampir kerak bo‘ladi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2018 yilning to‘qqiz oyi davomida O‘zbekiston 7,4 million dollarlik achchiq qalampirni eksport qilgan.
Tohirjon Jalilovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston yetti turdagi qishloq xo‘jaligi mahsuloti, jumladan, gilos, o‘rik va loviyani eksport qilish bo‘yicha jahonda yetakchi beshlikda turadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter