Namanganda elektrga ehtiyoj to‘liq qoplanadi
Viloyat Norin va Sirdaryodan suv oladi, 2 ta magistral kanal va 9 ta suv ombori mavjud. Lekin, Namanganning gidroenergetikadagi salohiyati ishga solinmagan edi.
Kecha Norin daryosida GESlar kaskadi qurilishiga start berildi. Bu yerda 228 megavattli 6 ta stansiya yiliga 1 milliard kilovatt elektr chiqaradi. Kelgusi yilda Katta Andijon kanalida 51 megavattli «Qo‘g‘ay-1,2», «Beshqo‘rg‘on-1,2» kichik GESlar kaskadi ham ishga tushadi.
Shu yili Popda 1 ming megavattli 2 ta quyosh elektr stansiyasi barpo qilinadi. Bu ham 2,2 milliard kilovatt elektr, degani.
Natijada viloyat o‘z ehtiyojini to‘liq qoplab, yiliga 2,5 milliard kilovatt elektr eksport qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter