Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mo‘g‘uliston O‘zbekistonga ko‘proq go‘sht yetkazib beradi

Mo‘g‘uliston O‘zbekistonga ko‘proq go‘sht yetkazib beradi

Foto: Xabar.uz

Mo‘g‘uliston 2022-yilning 10 oyida O‘zbekistonga 500 tonna go‘sht va go‘sht mahsulotlari yetkazib berdi va uning hajmini oshirmoqchi. Montsame agentligi yozishicha, bu haqda ushbu mamlakat qishloq xo‘jaligi vaziri Xayangaa Bolorchuluun O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov bilan o‘tkazilgan onlayn-uchrashuvda ma’lum qildi.

Eksportning oshirilishiga sabab — O‘zbekiston 2022-yil dekabrida yana 9 ta mo‘g‘ul korxonasiga importga ruxsat bergan. Shu tariqa O‘zbekistonga go‘sht va go‘sht mahsulotlari eksport qiluvchi Mo‘g‘uliston kompaniyalari soni 26 taga yetadi.

O‘zbekiston tomoni go‘sht yetkazilishini ko‘paytirish uchun Mo‘g‘ulistonda hamkorlikda chorvachilik fermasi yaratishga qiziqish bildirdi. Ikki mamlakat Mo‘g‘ulistonning uchta g‘arbiy viloyatidagi «veterinariya-sanitariya rejimidagi sog‘lom zona»da hamkorlik qilishga kelishdi, deyiladi agentlik xabarida.

O‘z navbatida, tomonlar O‘zbekiston Mo‘g‘ulistonga meva, rezavorlar va sabzavot yetkazib berishiga kelishib olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring