«Mikrokreditbank» ATB Toshkent Xalqaro iqtisodiy forumida 3 ta muhim kelishuvga erishdi
Joriy yilning 29-30-sentyabr kunlari Toshkentda Xalqaro iqtisodiy forum o‘tkazildi. Mazkur forum doirasida «Mikrokreditbank» ATB tomonidan «Rosselxozbank» AJ (Rossiya), Germaniya jamg‘arma kassalari fondi va «Accion International» (AQSh) bilan manfaatli shartnomalar imzolandi.
«Mikrokreditbank» ATB nomidan Bank Boshqaruv Raisi Orif Bo‘tayev va «Rosselxozbank» AJning xalqaro blok rahbari Dmitriy Mushkov o‘rtasida o‘zaro hamkorlik kelishuvi (parrandachilik, quyonchilik va qishloq xo‘jaligi) imzoladi.
Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Germaniya jamg‘arma kassalari fondi o‘rtasida bank transformatsiyasi bo‘yicha o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Germaniya jamg‘arma kassalari fondining uzoq muddatli eksperti va O‘zbekistondagi vakili Matias Vangler shartnoma imzolash marosimida qatnashdi.
Shuningdek, «Mikrokreditbank» ATB va «Accion International» (AQSh) o‘rtasida mikromoliyalash sohasini rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter