Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MDHda yaqqol peshqadamga aylanish istagidagi korxona haqida

MDHda yaqqol peshqadamga aylanish istagidagi korxona haqida

«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkilot tizimidagi yangi korxonalardan biri «Tashkent Polymer Syntez» mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati, ishlab chiqarish jarayoni hamda mahsulotlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Yuqori Chirchiq tumaniga press-tur tashkil etildi.

«Tashkent Polymer Sintez» MChJ – MDH mamlakatlari ichida KMS va PATs ishlab chiqaruvchi eng yosh, eng zamonaviy, eng yuqori ishlab chiqarish texnologiyalarini qo‘llovchi va jadal rivojlanayotgan tashkilot. Yiliga 5000 tonna tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida peshqadamga aylanib bo‘ldi. Korxona Toshkent viloyatining Yuqori-Chirchiq tumanida joylashgan bo‘lib, ishlab chiqarish quvvatlarining birinchi ikki bosqichini amalga oshirish uchun 6 mln. AQSh dollari miqdorida sarmoya sarflangan. Shuningdek, korxona 2022 yilda texnik mahsulot ishlab chiqarish quvvatlarini ikki xissa oshirishni va kelajakda KMS va PATs mahsulotlarining neft va gaz, qurilish, oziq-ovqat va farmatsevtika sohalarida juda xaridorgir bo‘lgan sof markalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni reja qilgan, shu rejalarni amalga oshirib MDH mamlakatlari orasida bu sohada yaqqol peshqadamga aylanish korxona kollektivining asosiy maqsadi.

Hozirgi kunda korxonada ishlab chiqarilayotgan reagentlar mamlakatimizga shu kungacha import qilingan mahsulotlarning o‘rnini samarali ravishda bosib kelmoqda, shu bilan birga, 2021 yil boshidan Rossiya va Qozog‘iston mamlakatlariga o‘z mahsulotini eksport qilishni boshladi, aytish joizki, korxona mahsulotlari o‘zining sifati va narx raqobatbardoshligi bilan qo‘shni mamlakatlar bozorida xaridorbop bo‘lmoqda.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar: KMS bu Karboksimetilsellyuloza va PATs polianionik sellyulozadir. Bu mahsulotlar suvda eruvchan sellyuloza efirlari guruhiga mansub bo‘lib, paxta sellyulozasi asosida chuqur kimyoviy sintez qilish yo‘li bilan olinadi, paxta sellyulozasi o‘z navbatida bizning mamlakatimizda paxta yetishtirish qoldiqlari – paxta lintidan olinadi. Bugungi kunda korxona KMS va PATsning 7 turdagi texnik markalarini ishlab chiqarmoqda, bu mahsulotlar shu soha iste’molchilarining aksariyat talabini qondirishga qodir, jumladan, iste’molchi sohalar:

Neft va gaz konlarini burg‘ulashda, suv filtratsiyasini kamaytiruvchi hamda burg‘ulash qorishmasining reologik hususiyatlarining modifikatori sifatida;
Sintetik kir yuvish kuknlari ishlab chiqarishda, re-adsorbent sifatida;
Suvda eruvchan buyoqlar ishlab chiqarishda;
Qurilish sohasida yelimlovchi asos sifatida hamda gulqog‘oz yopishtirish uchun, jumladan hozirda ommalashgan «suyuq gulqog‘ozlar» ishlab chikarishda.

Korxonaning zamonaviy laboratoriyasi ilm-fan yutuqlarining so‘nggi texnologiyalaridan foydalanish, zamonaviy talablar asosida puxta tahlillar o‘tkazish imkoniyatiga ega. Laboratoriyada eng zamonaviy API (Amerika neft instituti) hamda ISO 13500-2008 standartlari asosida tahlillar o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring