Kadastr xizmatlari bo‘yicha muammolar tug‘ilmoqda: agentlik bayonot bilan chiqdi
Ijtimoiy tarmoqlarda kadastr agentligi xizmatlaridan foydalanganlik uchun to‘lov qilishda muammolar yuzaga kelayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.
Yuqoridagi holat bo‘yicha Kadastr agentligi tushuntirish berdi.
Unda aytilishicha, kadastr xizmatlaridan Davlat xizmatlari markazi (DXM), Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) my.gov.uz hamda notariuslar orqali foydalanish mumkin.
Kadastr agentligi bu yo‘nalishda ATB «Universalbank» bilan hamkorlikda ishlab kelmoqda.
Banklararo universal tarmoqli axborot tizimi (Munis) to‘lov tizimi hamda ATB «Universalbank» orqali amalga oshirilgan bank operatsiyalar natijalarini solishtirish ishlari olib borilayotganligi sababli kadastr xizmatlaridan Notarius orqali foydalanganda to‘lov qilish vaqtincha to‘xtatilgan. Bu haqda ATB «Universalbank» ma’lum qildi, deyiladi agentlik bayonotida.
Bank nosozliklarni tez fursatlarda bartaraf etishi va tizimni ishga tushirishini ma’lum qilindi.
Ushbu holatga invoysning hech qanday aloqasi yo‘qligi ta’kidlab o‘tilgan.
Ma’lumot uchun:
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz va Davlat xizmatlari markazlari orqali yuborilgan arizalarning to‘lovlarida muammolar yo‘q.
Fuqarolarimiz yuqoridagi nosozliklar bartaraf etilgunga qadar kadastr xizmatlaridan DXM va YaIDXP (my.gov.uz) orqali foydalanishlari va to‘lov qilishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter