Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fitch Ratings «O‘zmilliybank» AJning uzoq muddatli reytinglarini «BB-» suveren reytingi darajasida tasdiqladi

Fitch Ratings «O‘zmilliybank» AJning uzoq muddatli reytinglarini «BB-» suveren reytingi darajasida tasdiqladi

Joriy yilning 12 may kuni «Fitch Ratings» xalqaro reyting agentligi «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJning kredit reytinglarini «Barqaror» prognozi bilan «VV-»darajasida va «b» mustahkamlik reytingi darajasida tasdiqladi.

«Fitch Ratings» reyting agentligining xulosasiga ko‘ra, «O‘zmilliybank» AJ chakana va korporativ bank xizmatlari sohasida, jumladan, strategik ahamiyatga ega loyihalarni moliyalashtirishda faoliyatini kengaytirgan holda, O‘zbekistonda tizim yaratuvchi bank bo‘lib qolmoqda.

Bankning barqaror reytingi o‘z negizida kuchli mijoz bazasi, tarixan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan aktivlarning yuqori sifati va yetarli darajadagi kapitalizatsiyani aks ettiradi. «Fitch Ratings»ga ko‘ra, «O‘zmilliybank» AJ yaxshi kapital darajasiga ega va bu bilan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda yuqori o‘rinni egallaydi, bularning hammasi esa reytingda ijobiy aks ettirildi.

«Fitch Ratings» «O‘zmilliybank» AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning barcha prudensial normalariga rioya etishi ta’kidlab o‘tildi.

Xalqaro agentlik tomonidan reyting baholarining yana bir bor tasdiqlanishi bank rivojlanish strategiyasini to‘g‘ri tanlanganligini tasdiqlaydi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va xalqaro savdo operatsiyalariga xizmat qo‘rsatishda o‘zining ajralmas rolini namoyish etadi hamda Bakning bank tizimidagi va umuman O‘zbekiston iqtisodiyotidagi alohida o‘rnini ko‘rsatib beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring