Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng og‘ir ahvol Andijon, Termiz va Kogon shaharlari hamda 7 ta tumanda...

Eng og‘ir ahvol Andijon, Termiz va Kogon shaharlari hamda 7 ta tumanda...

Foto: Xabar.uz

Bugungi yig‘ilishda prezident tadbirkorlik subyektlarini ko‘paytirish bo‘yicha yangi yondashuvlarni joriy qilish zarurligini qayd etdi.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan yili Buxoroda — 8 ta, Namangan, Surxondaryo va Sirdaryoda — 2 tadan, Toshkent viloyatida — 1 ta tumanda yangi tashkil etilgan tadbirkorlar soni 2021-yilga nisbatan 30-40 foizga kamaygan.

Eng og‘ir ahvol Andijon, Termiz va Kogon shaharlari, Jalaquduq, Marhamat, Olot, Qorako‘l, Shofirkon, Mingbuloq va Qibray tumanlarida ekanini qayd etgan prezident ushbu hududlar hokimlarining bu boradagi faoliyati qoniqarsizligini ko‘rsatib o‘tdi.

Mutasaddilarga viloyat hokimlari bilan birga ikki hafta muddatda ushbu tumanlarga borib, mavjud sharoitlarni o‘rganib, ularning har biri bo‘yicha tadbirkorlikni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring