Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Energetika vaziri Alisher Sultonov turkiyalik hamkasbi bilan uchrashdi

Energetika vaziri Alisher Sultonov turkiyalik hamkasbi bilan uchrashdi

Foto: «O‘zatom» agentligi matbuot xizmati

Toshkentda 2019-yil 14-fevral kuni O‘zbekiston Energetika vaziri Alisher Sultonovning Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vaziri o‘rinbosari Mitxat Jansiz boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «O‘zatom» agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda qator turk kompaniyalari bilan avval erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi, shuningdek, energetika sohasida hamkorlik loyihalarini jadallashtirish bo‘yicha takliflar hamda energiya ob’ektlar qurilishi, geologiya-qidiruv ishlari muhokama qilindi.

Bugungi kunda Turkiya kompaniyalari tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilishi istiqbolli bo‘lgan loyihalar, shu jumladan, bug‘li-gazli qurilmalar, quyoshli va shamol elektr stansiyalari qurilishi kabi yo‘nalishlardagi loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, ular tomonidan quyosh elektr stansiyasi va shamol parkini qurish bo‘yicha sinov loyihasini amalga oshirish, O‘zbekistonda aralash turdagi elektr stansiyalar qurilishi borasida loyihalarga qiziqish bildirilmoqda.

Bundan tashqari, foydali qazilmalar strategik turlarining aniqlangan konlarida, shu jumladan, Navoiy va Jizzax viloyatlaridagi volfram va oltin konlarida geologiya-qidiruv va qazish ishlarini olib borish masalasi ishlab chiqilmoqda.

2019-yil 13-fevral kuni tomonlar o‘rtasida Saritau, Xurob va Aydim-Yetimtov maydonlarida geologik o‘rganish va tajriba-sanoat usulida qazish ishlarini olib borish, Navoiy va Jizzax viloyatlarida volfram va oltinni topish bo‘yicha istiqbolli konlarni aniqlash bo‘yicha bitim imzolandi. Turkiya tomoni o‘z zimmasiga birinchi yili kamida 1,5 million dollar hajmida sarmoya kiritish bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni oldi.

Turkiya tomoni o‘zaro hamkorlik bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» imzolanishini ijobiy baholadi hamda hamkorlikni kelgusida kengaytirishga qiziqish bildirildi. Xususan, Turkiyanig TRAO neft-gaz kompaniyasining O‘zbekiston neft-gaz tarmog‘i loyihalarida ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqish taklif qilindi. Shu bilan birga, qo‘shma loyihalar va O‘zbekistonga faol investitsiyalar kiritishni amalga oshirish uchun barcha zarur choralar ko‘rilishiga tayyorligini bildirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring