Cho‘ldagi yirik loyiha: Buxoroda nimalar qilinmoqda?
Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumani cho‘l massivida bunyod etilgan quvvati 500 mVt li quyosh foto elektrstansiyasining 200 mVt li qismi foydalanishga topshiriladi.
Qorovulbozor tumani cho‘li kengliklarini birlashtiruvchi, quyosh nurining tikka tushadigan nuqtasi – «ekvator halqasi»da salkam 1000 gektar yer maydonida quyosh fotoelektr stansiyasini to‘liq tiklash ishlari davom etmoqda.
Xitoyning «China Gezhouba Group Overseas Investment Co. LTD» kompaniyasi tomonidan 400 ming dollar hisobiga bunyod etilayotgan quvvati 500 mVt ga teng ushbu stansiya kelgusi 2024-yilning dekabr oyida to‘liq ishga tushirilishi mo‘ljallangan. Bunga ko‘ra, yillik ishlab chiqarish hajmi 473 mln kVt-s elektr energiyasi quvvatiga ega bo‘ladi.
Kompaniya ish boshqaruvchisi Xuan Solingning aytishicha, dastlabki bosqichda quvvati 200 mVt li qismi hisobida joriy yilning dekabr oyi oxirida ishga tushiriladi. Bunda ishlab chiqariladigan hajmi 39 mln kVt-s elektr energiyasiga teng bo‘ladi.
997 gektar yer maydonida qisqa muddat ichida xorijiy investorlar uchun 5,0 km masofaga suv quvurlari yotqizilib, ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlangan.
«Loyiha doirasida 5,0 km masofaga elektr simyog‘ochlar va transformatorlar o‘rnatilgan bo‘lib, elektr tarmog‘i to‘liq ulandi. Kompaniyamiz tomonidan 120 mVt dan ortiq quyosh fotoelektr panellari hamda 160 mVt dan ortiq bo‘lgan quyosh fotoelektr panellari ustunlari o‘rnatildi. Hozirda ob’yektda 180 dan ortiq maxsus texnika vositalari jumladan, yuklagich, yuk tashish hamda yuk ko‘tarish vositalari, ekskavator, avtosamosval, burg‘ulash mashinalari ishlamoqda. Qiymati 140,0 million dollardan ortiq bo‘lgan LR5-72HGD-570M rusumidagi va LR5-72HGD-575M rusumidagi quyosh fotoelektr stansiyasi panellari hamda metaldan yasalgan metallokonstruksiya va boshqa jihozlar olib keldik. 730 nafarga yaqin xitoylik hamda 270 nafar mahalliy aholi ishchi-xodimlari bilan quvvati 120 mVt bo‘lgan quyosh panellari ustunlari hamda quvvati 140,0 mVt bo‘lgan quyosh panellarini o‘rnatishga erishdik»,-dedi Xuan Soling.
Ma’lumotlarga ko‘ra, xorijiy kompaniyaning bosh pudratchisi tomonidan ishchi xodimlarni yotoqxona bilan ta’minlash maqsadida
120 dan ortiq hamda yuk saqlashga mo‘ljallangan 160 dona konteyner vagonlar ham olib kelib qo‘yilgan.
Bildirilishicha, ushbu stansiya to‘liq ishga tushirilgach, viloyat hududining salkam 40 foiz aholisi quyosh fotoelektrstansiyasi faoliyati orqali uzluksiz energiya bilan ta’minlanish imkoniga ega bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter