Buxoro viloyati hokimi aholiga murojaat qildi
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov aholiga murojaat bilan chiqib, oziq-ovqat zaxiralari bo‘yicha muammolar yo‘qligi va bo‘lmasligini aytgan.
Murojaatga ko‘ra, viloyatda joriy yilda quyidagilar hisobidan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, sabzavotlar yetkazib beriladi va ularning narx-navolari barqarorligi ta’minlanadi:
- paxta va g‘alla ekin yerlaridan qisqartirilgan qariyb 6 ming gektar yer maydoni fuqarolarga 10 sotixdan 1 gektargacha sabzavot ekinlari yetishtirish uchun ajratib berilgan va bu yerlarda dehqonchilik ishlari boshlangan;
- viloyatda 401 ming aholi xonadonlari ixtiyoridagi 43 ming gektar tomorqa yerlarida sabzavot, poliz va chorva mollari uchun ozuqa ekinlarini ekish ishlari yakunlanmoqda;
- aholi tomorqa maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida «Bir kontur — bir mahsulot» tamoyili asosida bir yilda kamida ikki marta hosil olish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda;
- oborotga kiritilgan va yangi ochilgan 20 ming gektar yerda hamda joriy yilgi g‘alla va ertangi ekinlardan bo‘shaydigan 57 ming gektar yerda takroriy ekinlar ekiladi.
Natijada 2022 yilda:
- 464 ming tonna g‘alla;
- 828 ming tonna sabzavot;
- 208 ming tonna kartoshka;
- 189 ming tonna poliz;
- 265 ming tonna meva va rezavorlar;
- 208 ming tonna uzum;
- 71 ming tonna dukkakli don;
- 28 ming tonna moyli ekinlar;
- 6 ming tonna guruch;
- 291 ming tonna mol va qo‘y go‘shti;
- 38 ming tonna parranda go‘shti;
- 1 mln. 81 ming tonna sut;
- 650 ming dona tuxum;
- 45 ming tonna baliq mahsulotlari;
- 2 ming tonna asal ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
Hokimning aytishicha, bu zaxira 2 millionga yaqin Buxoro viloyati aholisining asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirishga xizmat qiladi hamda bozorlarda narx-navoning barqaror bo‘lishini kafolatlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter