Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bojxona omborlarida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati e’lon qilindi

Bojxona omborlarida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati e’lon qilindi

Foto: review.uz

23-mart holatiga ko‘ra bojxona omborlarida jami 27,0 mln. dollarga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanmoqda. Bojxona omborlarida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha 3,8 mln. dollar, hudud korxonalari bo‘yicha 23,2 mln. dollarni tashkil etadi.

Bular asosan quyidagi mahsulotlardir:

  • bio qo‘shimchalar (408,7 tn, 3,2 mln. doll.);
  • margarin (2,6 ming tn, 2,9 mln. doll.);
  • go‘sht (2,6 ming tn, 2,6 mln. doll.);
  • kungaboqar yog‘i (2,7 ming tn, 2,0 mln. doll.);
  • palma yog‘ (1,9 ming tn, 1,6 mln. doll.);
  • bolalar ovqati (326,2 tn, 1,5 mln. doll.);
  • un (5,3 ming tn, 1,3 mln. doll.);
  • shokolad (513,9 tn, 1,2 mln. doll.);
  • shakar (2,4 ming tn, 900,2 ming doll.);
  • banan (1,0 ming tn, 691,1 ming doll.);
  • bug‘doy (70,8 ming tn, 13,8 mln. doll.);
  • konservalangan sabzavotlar (674,6 tn, 686,4 ming doll.);
  • makaronlar (414,9 tn, 563,4 ming doll.);
  • un mahsulotlari (vafli, pechene va x.z.) (217,1 tn, 456,3 ming doll.);
  • sut mahsulotlari (385,9 tn, 409,7 ming doll.);
  • choy (75,0 tn, 388,2 ming doll.);
  • baliq (120,1 tn, 136,4 ming doll.).

Bojxona omborlarida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha 3,8 mln. dollar, hudud korxonalari bo‘yicha 23,2 mln. dollarni tashkil etadi.

Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha:

  • «O‘zbekoziqovqatxolding» XK (2,1 mln. doll., asosan soya, araxis, zaytun yog‘i, palma yog‘i, bio qo‘shimchalar, konservalangan sabzavotlar);
  • «O‘zbekoziqovqatzaxira» uyushmasi (638,2 ming doll., asosan go‘sht, kungaboqar yog‘i, konservalangan sabzavotlar);
  • «O‘zyog‘moysanoati» uyushmasi (654,3 ming doll., kungaboqar yog‘i, margarin, palma yog‘i);
  • «Sog‘lom avlod uchun» xalkapo xaypiya jamg‘apmasi (400,0 ming doll., quruk ovqatlar);
  • «O‘zcharmsanoat» uyushmasi (4,2 ming doll., kimyoviy tuzlar).

Hududlar bo‘yicha:

  • Toshkent shahar (17,5 mln. doll., asosan bio qo‘shimchalar, shokolad, bolalar ovqati, margarin, go‘sht, un mahsulotlari, shakar, palma yog‘i, banan, makaronlar);
  • Toshkent viloyati (3,0 mln. doll., asosan shakar, kungaboqar yog‘i, paxta yog‘i, un, go‘sht, margarin);
  • Namangan (2,2 mln. doll., asosan go‘sht, palma yog‘i, margarin, un, shokolad, baliq);
  • Samarqand (2,1 mln. doll., asosan margarin, no‘xot, soya, araxis, zaytun yog‘i, go‘sht, un);
  • Farg‘ona (881,9 ming doll., asosan olma, un, bio qo‘shimchalar, go‘sht, kartoshka, banan);
  • Xorazm (634,8 ming doll., asosan kungaboqar yog‘i, makaron, banan, olma);
  • Sirdaryo (206,6 ming doll., asosan soya, araxis, zaytun yog‘i, no‘xot, kungaboqar yog‘i, guruch);
  • Andijon (98,9 ming doll., asosan bio qo‘shimchalar va ichimliklar);
  • Jizzax (92,1 ming doll., asosan bio qo‘shimchalar, baliq, sut mahsulotlari, kimyoviy tuzlar);
  • Qoraqalpog‘iston Res. (73,5 ming doll., sut mahsulotlari, baliq);
  • Surxondaryo (72,3 ming doll., asosan sitrus mevalar, yong‘oq, konservalangan dengiz mahsulotlari, un);
  • Buxoro (13,7 ming doll., quritilgan meva sabzavotlar);
  • Qashqadaryo (11,2 ming doll., asosan sitrus mevalar).

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring