Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Biznes-ombudsman apparatining shtati kengaytiriladi

Biznes-ombudsman apparatining shtati kengaytiriladi

Foto: legality.uz

Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari qabul qilindi (VMning 14.07.2019-yildagi 584-son qaroriga qarang). Bu haqda «Norma» xabar bermoqda. 

Moliya vazirligi biznes-ombudsman apparatiga:

  • 2019 yilda xizmat avtomobillari, idora mebeli, kompyuter texnikasi, tashkiliy texnika, boshqa tovar-moddiy boyliklar va xizmatlarni joriy saqlash va sotib olish uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan 1,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratadi. 2020 yildan boshlab har yili Davlat budjeti parametrlarida apparatini joriy saqlashga mablag‘lar nazarda tutadi;
  • navbatchi transport sifatida foydalanish uchun 2 ta yengil xizmat avtomobilini saqlash uchun qo‘shimcha limit ajratadi;
  • texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning qo‘shimcha shtat birliklarini ajratadi.

Apparatning buxgalteri va moddiy buxgalteri (kassir) mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari bo‘yicha Prezident Administratsiyasi bosh buxgalteri va uning o‘rinbosariga, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari PA Transport bo‘limining xizmatchilari va haydovchilariga tenglashtirildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi biznes-ombudsmanga ilgari berilgan Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimi takomillashtirilishi va uning uzluksiz ishlashi qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.07.2019-yildan kuchga kirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring