Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bank tizimiga oid yangi tahrirdagi qonunlar o‘rganilmoqda

Bank tizimiga oid yangi tahrirdagi qonunlar o‘rganilmoqda

Foto: AT «Aloqabank»

«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida» yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi bank sohasidagi munosabatlarni mutlaqo yangi asosda tashkil etish va uning huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini taqozo etmoqda.

Mazkur Qonun banklarda zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini shakllantirish, xizmatlar ko‘rsatishning bozor mexanizmlarini joriy etish, banklar faoliyati ustidan xatarlarni boshqarishga yo‘naltirilgan nazorat olib borish va pirovardida bank tizimining barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Mamlakatimiz bank tizimini tubdan isloh qilish va faoliyatini tartibga solishga oid qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ijrosini tashkil etish maqsadida «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi, «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi yangi tahrirda hamda «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi qonunlarning ijrosini tashkil etish bo‘yicha AT «Aloqabank» tomonidan ishchi komissiya tuzilib, mazkur qonunlarning mazmun-mohiyati, ahamiyatini bankning Bosh ofisi va barcha filiallari xodimlariga hamda xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga batafsil tushuntirish yuzasidan reja-grafik ishlab chiqilgan.

Foto: AT «Aloqabank»

Ushbu reja-grafikka asosan 2019-yil 3 va 4-dekabr kunlari bank Bosh ofisining katta majlislar zalida qonunlarning mazmun-mohiyati, ahamiyati va belgilangan normalarni tushuntirish yuzasidan o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminar katta qiziqish va qizg‘in munozaralar ruhida o‘tkazilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha masalalar yuzasidan savollarga soha mutaxassislari tomonidan malakali tushuntirishlar berildi.

Foto: AT «Aloqabank»

Shu bilan birga, bankning rahbar va malakali xodimlaridan iborat 4 ta ishchi guruh tomonidan reja-grafikka asosan joylarda seminarlar o‘tkazilishi belgilab olindi.

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring