AQSh Qozog‘istonni ogohlantirdi
Qozog‘iston banklari va kompaniyalari Rossiyaga G‘arb savdo va moliyaviy cheklovlardan qochishga yordam bergani uchun AQShning ikkilamchi sanksiyalariga duchor bo‘lishi mumkin.
AQSh Moliya vaziri yordamchisi Elizabet Rozenberg Ostonada bo‘lib o‘tgan davra suhbatida bunday chora-tadbirlar xavfi ortib borayotgani haqida gapirgan.
Rozenbergning so‘zlariga ko‘ra, ikkilamchi sanksiyalar xavfi Qozog‘iston Respublikasi uchun ham, mamlakat kompaniyalari va banklari uchun ham ortib bormoqda.
AQSh rasmiysining ta’kidlashicha, amerikalik vakillar mavjud xavf-xatarlarni, shuningdek, Rossiya yordami bilan bog‘liq holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni «aniq ko‘rsatish» maqsadida Qozog‘iston hukumati va mamlakatdagi xususiy sektor vakillari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter