Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga kelayotgan yahudiy, zardushtiy va buddaviy sayyohlar qaysi viloyatlarga borishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonga kelayotgan yahudiy, zardushtiy va buddaviy sayyohlar qaysi viloyatlarga borishi ma’lum qilindi

Bugun Samarqand shahrida «Ziyorat turizmi haftaligi» tadbiri boshlandi. Xabar.uz muxbiri tomonidan xabar qilinishicha, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov tomonidan tadbir davomida yahudiy, zardushtiy va buddaviylik dini vakillarining ham yurtimizga qiziqishi yuqori ekanini ma’lum qilib o‘tilgan.

«Biz bugungi kunda diniy bag‘rikenglik asosida barcha din vakillari uchun ham ziyorat turizmi maxsulotlarini taqdim qilmoqdamiz. Misol sifatida aytib o‘tmoqchiman, yahudiy dini merosiga qiziquvchi ziyoratchilarni Samarqand, Buxoro, Farg‘ona, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahrida uchratishimiz mumkin.

Zardo‘shtiylik yo‘nalishidagi turistlar Qadimgi Xorazm va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga sayyoht qilishni afzal ko‘rishadi. Buddizm merosiga qiziquvchilar uchun Surxardaryo turistik yo‘nalish eng maqbul tanlov hisoblanadi», – dedi Aziz Abduhakimov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring