Moliya vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Aytishlaricha, Timur Ishmetov moliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. Bu haqda telegramdagi «davletovuz» kanali xabar berdi.
U bungacha 2017-yilning iyul oyidan buyon Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi. Undan avval esa Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Timur Ishmetov 1979-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2000-yili Toshkent Moliya institutining Moliya va kredit fakultetini, 2005-yili Birmingem universitetining International Money and Banking yo‘nalishi bo‘yicha magistraturasini, 2007-yili Toshkent Davlat Yuridik institutining «Huquqshunoslik» fakultetlarini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2000-yili O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida iqtisodchi vazifasida boshlagan.
2017-yil aprel oyiga qadar turli lavozimlarda ishlab, Markaziy bankning Monetar operatsiyalar departamenti, Xalqaro rezervlarni boshqarish departamenti, Ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar departamenti, Valyutani tartibga solish va nazorat qilish departamentlariga rahbarlik qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter