Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kadastrni «tozalagan» To‘raxo‘jayev Oliy Sudga o‘tishi kutilmoqda

Kadastrni «tozalagan» To‘raxo‘jayev Oliy Sudga o‘tishi kutilmoqda

Foto: AOKA

Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari — Kadastr agentligi direktori Halilillo To‘raxo‘jayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgani xabar berilgandi.

Halilillo To‘raxo‘jayevning Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlanganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsa-da, tizimda keskin tozalashlarni o‘tkazgan edi.  Bungacha esa u Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

«Xabar.uz» manbasiga ko‘ra, Halilillo To‘raxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining o‘rinbosari lavozimini egallashi kutilmoqda.

Xolmo‘min Yodgorov Sudyalar oliy kengashining raisligiga o‘tganidan buyon, Oliy sud raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimi bo‘sh turgan edi.

Kuni kecha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev Oliy sud vakillarining fuqarolar uchun qabul eshiklarini yopib olgani borasida keskin tanqidiy fikrlarini bildirgandi. Katta ehtimol bilan Halilillo To‘raxo‘jayevga ushbu holatni yaxshilashga ham mas’ul bo‘ladi. Bu borada uning tajribasi bor.

Halilillo To‘raxo‘jayev o‘z vaqtida O‘zbekiston Prezidenti devonining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati bo‘yicha Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Undan avval uzoq yillar O‘zbekiston Respublikasi sud tizimida turli lavozimlarda mehnat qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring