Yangi shtamm Beta va Delta shtammlariga nisbatan ancha tez tarqalyapti
Ilk bor JARda qayd etilgan, keyinchalik Botsvana, Isroil, Gonkong va Belgiyada aniqlangan koronavirusning yangi shtammi pandemiya hali-veri chekinmasligidan dalolat bermoqda.
Ko‘plab mamlakatlar Janubiy Afrika Respublikasi va unga tutash mamlakatlar bilan bordi-keldilarni vaqtincha to‘xtatyapti.
Yangi shtamm — B.1.1.529 («Omikron») o‘ta yuqumli va juda tez tarqalyapti. «The Financial Times» rasmiy ma’lumotlar asosida tayyorlagan yuqoridagi solishtirma diagrammada ham buni ko‘rish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter