Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlari o‘nligi (Infografika)

O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlari o‘nligi (Infografika)

Foto: «Sputnik»

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi 2018-yil birinchi yarmida O‘zbekiston bilan savdo hajmi eng yuqori mamlakatlar o‘ntaligini e’lon qildi.

Ushbu yo‘nalishda Rossiya birinchi pog‘onada turibdi. Rossiya bilan savdo aylanmasi 2 826 mln. dollarni tashkil etgan. Eksport – 1 022,4 mln. dollar, import – 1 813 mln. dollarga teng bo‘ldi. Umumiy savdo aylanmasidagi ulushi – 16 foiz.

Ikkinchi o‘rindan Xitoy joy olgan. Ushbu davlat bilan savdo aylanmasi – 2 811,3 mln. dollar, eksport – 1 304,6 mln. dollar, import – 1 506,7 mln. dollar. Umumiy savdo aylanmasidagi ulushi – 15,9 foiz.

Uchinchi o‘rinda Qozog‘iston. Bu mamlakat bilan savdo aylanmasi – 1 436,7 mln. dollar, eksport – 701,4 va import – 735,3 mln. dollar. Umumiy savdo aylanmasidagi ulushi – 8,1 foiz.

Turkiya, Koreya, Afg‘oniston, Germaniya, AQSh, Latviya va Belarus keyingi o‘rinlardan joy oldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring