O‘zbekistonda 10 kun ichida 35 kishi YTH qurboni bo‘ldi (infografika)

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi mamlakatda yo‘l-transport hodisalari haqida batafsil ma’lumotni e’lon qildi.
Boshqarma matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilning dastlabki 10 kunida O‘zbekistonda 107ta YTH ro‘y bergan, ularning 103tasi haydovchilar, 4ta esa piyodalar aybi bilan sodir etilgan. Ushbu baxtsiz hodisalardan qurbon bo‘lganlar soni 35 kishini, jarohatlanganlar soni esa 100 kishini tashkil qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter