Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 6-may (infografika)

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 6-may (infografika)

Infografika: «Xabar.uz»

Bugun, 6-may — mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 53-kuni.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 5-may soat 23:00 da bergan ma’lumotga ko‘ra, mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2207 nafarga yetdi: shifo topganlar — 1501 nafar, vafot etganlar — 10 nafar.

5-may sanasida O‘zbekistonda koronavirus 18 kishida aniqlandi.

5-may kuni O‘zbekistonda 26 apreldan beri (7 nafar) koronavirusni yuqtirish bo‘yicha eng past ko‘rsatkich qayd etildi.

Solishtirish uchun:

  • 27-aprel —26 nafar;
  • 28-aprel — 35 nafar;
  • 29-aprel — 63 nafar;
  • 30-aprel — 37 nafar;
  • 1-may — 47 nafar;
  • 2-may — 37 nafar;
  • 3-may — 31 nafar;
  • 4-may — 40 nafar.

«Worldometer» ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 3,7 mln. nafardan oshdi, shifo topganlar — 1.235.503, vafot etganlar — 257.034 nafar.

Jahon bo‘yicha koronavirusni yuqtirgan bemorlarning uchdan bir qismi sog‘ayib ketdi.

Buyuk Britaniya koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha Italiya (29.315)ni ortda qoldirib, Yevropada birinchi o‘ringa ko‘tarildi — 29.427 nafar.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring