Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 11-may (infografika)

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 11-may (infografika)

Infografika: «Xabar.uz»

Bugun, 11-may — mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 58-kuni.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 10-may soat 22:30 da bergan ma’lumotga ko‘ra, mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2 418 nafarga yetdi: shifo topganlar — 1 881 nafar, vafot etganlar — 10 nafar.

10-may sanasida O‘zbekistonda koronavirus 69 kishida aniqlandi.

Koronavirusni yuqtirganlar soni 1 milliondan oshgan yagona mamlakat — AQSh.

200 mingdan ko‘p holat qayd etilgan mamlakatlar — Ispaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Rossiya.

100 mingdan ko‘p holat — Fransiya, Germaniya, Braziliya, Turkiya, Eron. 

«Worldometer» ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 4 174 541 nafarga yetdi, shifo topganlar — 1 469 012, vafot etganlar — 283 596 nafar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring