Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zoyir Mirzayev qamashilik fermerning hokimdan kaltak yeganini asossiz deb topdi. Ammo bu ishni prokuratura o‘rganadi

Zoyir Mirzayev qamashilik fermerning hokimdan kaltak yeganini asossiz deb topdi. Ammo bu ishni prokuratura o‘rganadi

Ziyodulla Jabborov.

Foto: «Daryo»

Qamashi tumani hokimi Sherali Sanayevdan kaltak yeganini aytgan Ziyodulla Jabborov ishini viloyat prokuraturasi o‘rganadi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Hokimlik axborot xizmatining xabar berishicha, «Daryo» nashrida qamashilik fermer Ziyodulla Jabborovning hokimdan kaltak yegani aytilgan maqola e’lon qilingach, viloyat rahbari Zoir Mirzayev Qamashi tumanida bo‘lgan va holatni o‘rgangan.

«Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida viloyat hokimi Zoir Mirzayev bugun Qamashi tumanida bo‘lib, vaziyatni o‘rgandi va maqoladagi vajlar asossiz deb topildi. Kerak bo‘lsa, fermer ekspertizadan o‘tkazilib, holat yolg‘on ekani aniqlangan taqdirda tegishli tartibda qonuniy jazolanishi taklif etildi. Holat to‘liq viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganiladigan bo‘ldi», — deyiladi hokimlik axborot xizmati tarqatgan xabarda.

Qayd etilishicha, «Daryo» nashriga murojaat qilgan 62 yoshli fermer hokim Sherali Sanayev uni kaltaklagan paytda voqea joyida tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i, Soliq inspeksiyasi rahbari, hudud profilaktika inspektori hamda yana bir fermer borligini ma’lum qilgandi.

Voqeani tasdiqlagan prokuror Husniddin Bobomurodov hokimning fermerga qo‘l ko‘targanini rad etgan bo‘lsa, IIB profilaktika inspektori G‘iyos Ernazarov hamda shaxsi ochiqlanishidan qo‘rqqan yana bir fermer Ziyodulla Jabborovning hokim tomonidan kaltaklanganini tasdiqlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring