Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zominda tibbiyot xodimi qattiq kaltaklandi

Zominda tibbiyot xodimi qattiq kaltaklandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Zomin tumani tez tibbiy yordam bo‘limi navbatchi feldsheri E. I. qattiq kaltaklanganiga oid xabarlar tarqaldi. Unga ko‘ra, shu yilning 23-avgust kuni TTYo navbatchi feldsheri E. I. soat 12:06 da tez yordam chaqiruviga boradi. Chaqirilgan xonadondagi bemorning ahvoli og‘irligi, zudlikda kasalxonaga yotqizish shartligi haqida ogohlantirishiga qaramay, bemor yaqinlari tomonidan rad qilinadi.

Oradan biroz o‘tib, soat 13:45 da yana o‘sha xonadondan chaqiriq bo‘ladi. Chaqiriqqa borganda esa bemorda biologik o‘lim qayd etiladi. Bundan g‘azabga mingan bemor yaqinlaridan biri navbatchi feldsher I.E.ni hali o‘rnidan turmasidan orqa tomondan uning bo‘yin qismiga tepib yiqitadi va kaltaklaydi...

Tibbiyot xodimi qay darajada jarohat olgani hozircha noma’lum. Biroq yetkazilgan jarohat yengil emasligining ehtimoli katta.

Mazkur xabar tarqalishi ortidan voqelikka oydinlik kiritish maqsadida «Xabar.uz» Bosh prokuratura bilan bog‘landi. Mahkama matbuot xizmati holat bo‘yicha o‘rganish boshlab yuborilgani, natijasi haqida qo‘shimcha axborot berilishini bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring