Yunusobodda «soliq» yig‘gan ayol ushlandi (video)
Toshkent shahri Yunusobod tumanida sotuvchilik qilmoqchi bo‘lgan ayoldan 200 dollar joy haqi olayotgan firibgar IIBB xodimlari tomonidan ushlandi.
Qayd etilishicha, firibgar to‘lov vaqti bir kun kechiksa ham sotuvchilarga tahdid qilgan. Bu haqda mazkur hududda 9 oydan beri savdo qilayotgan fuqarolardan biri aytadi.
«Zo‘ravon» 2021-yil fevraldan noyabr oyiga qadar fuqarolardan 73 mln so‘m o‘zlashtirgani ma’lum qilinadi.
Toshkent shahar IIBB tomonidan mazkur holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Avvalroq fuqarolarning savdo faoliyatiga rahnamolikni va’da qilgan firibgar ushlangani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter