Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YPX xodimi formasida odam o‘g‘irlagan jinoiy guruh ushlandi

YPX xodimi formasida odam o‘g‘irlagan jinoiy guruh ushlandi

Guruh tashkilotchisi uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining hukmi bilan 1980 yilda tug‘ilgan cudlanuvchi JKning 137-moddasi (odam o‘g‘rilash) 2-qismining «b, v» bandlari, 28,164-moddasi (bosqinchilikda tashkilotchi) 2-qismining «a, b, v» bandlari, 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismining «a» bandi, 28,267-moddasi (transport vositasini olib qochishda tashkilotchi) 2-qismining «b, v» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi va 15 yil ozodlikdan mahrum qilindi.

Qolgan uch nafar sudlanuvchilar «odam o‘g‘rilash», «bosqinchilik», «tovlamachilik», «transport vositasini olib qochish» jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi.

1997 yilda tug‘ilgan cudlanuvchiga 13 yil 6 oy, va 1981 yilda tug‘ilgan sudlanuvchiga 13 yil 9 oy, 1994 yilda tug‘ilgan cudlanuvchiga esa 14 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sudlanuvilardan solidar tartibda jabrlanuvchi foydasiga 437 139 548 so‘m undirilishi belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring