Yonib ketgan «Neksiya» o‘rniga xorijdan olib kirilgan mashina fosh

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimilari mamlakatimiz hududiga majburiyatnoma asosida olib kirilgan va qaytarib olib chiqilmagan avtotransport vositalarini aniqlash borasida Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazdi.
Tadbir davomida fuqaro J.D. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashina belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazildi.
Natijada, avtomashina muqaddam Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi «Oybek» chegara bojxona posti orqali qayta olib chiqish majburiyati asosida olib kirilib, muddatida olib chiqilmasdan, avtomashinani kuzov identifikatsion raqamlari o‘zgartirilib, ushbu Neksiyani oldin yonib ketgan avtomashina davlat raqami belgisi bilan boshqarib yurilganligi aniqlandi.
Hozirda qiymati 45 million so‘mni tashkil etuvchi ushbu avtomashina vaqtincha saqlovga olinib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Manba: customs.uz
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter