Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bir sudya pora bilan qo‘lga tushdi

Yana bir sudya pora bilan qo‘lga tushdi

Foto: «YouTube»

Samarqand viloyati Oqdaryo tuman ma’muriy sudi raisi 50 AQSh dollari miqdorida pora olayotgan paytida qo‘lga olingan. Bu haqda huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbasiga tayanib «UzNews.uz» xabar tarqatdi.

Aytilishicha, tuman sudi raisi bir fuqaroga nisbatan tayinlangan ikki yilga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazosini qisqartirib berish evaziga 100 AQSh dollari miqdorida pora so‘ragan. Va... talab qilgan pulning teng yarmini (50 AQSh) olayotgan paytda qo‘lga tushadi. Voqelik sud raisining xizmat xonasida ro‘y bergani aytilmoqda.

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining «pora» ayblovi (210- modda)  bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ayblanuvchi qamoqqa olingan.

Shu o‘rinda bir gap: pora miqdoriga qaralsa, ayblanuvchining qamoqqa olingani biroz erish tuyulishi mumkin. Biroq uning mansabdor shaxs – tuman sudi raisi e’tiborga olinsa, pora miqdorining kam-ko‘p-da ahamiyat kasb etavermaydi. Zero, xalq aytadiki, totgan ham teng, botgan ham teng!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring