Xususiy mulk kichik tadbirkordan katta tadbirkorga olib berilishi mumkinmi?
Xususiy mulk kichik tadbirkordan katta tadbirkorga olib berilishi mumkinmi? Ushbu savolga «Twitter»da o‘tkazilgan audiochatda Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i Nodirbek Tillayev javob berdi:
«Snos»lar bilan bog‘liq masalani uchga bo‘lish mumkin: 2019-yilgacha bo‘lgan «snos»lar, 2022-yilning yarmigacha bo‘lgan holatlar va undan keyingi davr.
2018-2019-yillarda amal qilgan tartibda aynan nimalar davlat va jamiyat ehtiyoji deb atalishi bo‘yicha aniq ro‘yxat mavjud bo‘lmagan. Shuning uchun ham aytaylik, A tadbirkordan olib, B tadbirkorga olib berilgan holatlar avj olgan.
Keyinchalik bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi hamda davlat va jamiyat ehtiyojiga nimalar kirishi belgilandi. 2022-yil 29-iyunda qabul qilingan «Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi qonunda ham bu masala alohida qayd etilgan.
Endilikda hokimlarning ham yerni olib qo‘yish vakolati mutlaqo tugatildi. Davlat va jamiyat ehtiyoji uchun yer uchastkasi yoki mulkni «snos» qilish mahalliy kengashlar orqali amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter