Xorijliklarga viza va’da qilgan firibgar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, fuqaro L.M. boshqa bir fuqaro Yu.ning ishonchiga kirib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 2 500 AQSh dollari evaziga uning tanishlari bo‘lgan 3 nafar xorij fuqarosiga O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasini tayyorlab berishni va’da qilib, jami 7 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter