Xorijga chiqish uchun ruxsatnoma stikerini ko‘rib chiqish muddati qancha?
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari fuqaroning murojaatini 15 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqib, xorijga chiqish huquqini cheklash uchun asos bo‘lmasa, stikerni pasportga yelimlab qo‘yadilar.
Qanday hujjatlar taqdim etiladi?
Xorijga chiqish ruxsatnomasi stikerini rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
— pasport;
— belgilangan namunadagi anketa-ariza (2 nusxa);
— davlat boji (eng kam ish haqining 50 foiz miqdorida) to‘langani haqida kvitansiya;
— 35 x 45 mm. hajmdagi ikkita fotosurat;
— harbiy guvohnoma (harbiy guvohnoma bo‘lmasa, chaqiruv yoshidagilar uchun — belgilangan namunadagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘lim ma’lumotnomasi).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter