Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirish ishlari boshlandi

Toshkentda xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirish ishlari boshlandi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahrining 11 ta tumanida 4 yanvardan xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirish ishlari boshlangan. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

O‘zbekiston IIV migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Badriddin Shorixsiyevning ma’lum qilishicha, Respublikaning besh viloyatida zarur uskunalarni o‘rnatish ishlari hali yakunlanmagan. Ular ham 7 yanvardan pasport olishni istagan fuqarolardan ariza qabul qilishni boshlashi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolarga chet elga chiqish uchun biometrik pasport berganlik uchun davlat boji eng kam oylik ish haqining 120 foizi etib belgilangan.

Biometrik pasportlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi tomonidan 10 kun ichida rasmiylashtiriladi va 10 yil davomida amal qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring