Turkmanistonda 30 yoshga to‘lmaganlarga xorijga chiqish taqiqlandi
«Endilikda o‘ttiz yoshga to‘lmagan erkaklar xorijiy safarga chiqarilmaydi», — deya xabar berdi Toshovuz viloyatidagi manba mintaqa Migratsiya xizmatidagi vakilga tayanib.
Amaldor bu kabi choralar fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotganini aytgan.
«Mening xorijga chiqmoqchi bo‘lgan 27 yoshli tanishimni viloyat migratsiya xizmatiga chaqirishdi, uning chiptasini olib qo‘yishdi va Ashxobodga borishning hojati yo‘qligini, yangi farmoyishga ko‘ra 30 yoshga to‘lmagan erkaklar mamlakatdan tashqariga chiqarilmasligini aytishgan», —deydi Toshovuzdagi manba.
Uning aytishicha, bir necha o‘smirga chiptalarning puli qaytarilgan. Biroq manba xorijga amalga oshmagan sayohat xarajatlari uchun qancha miqdorda tovon berilganini aniqlay olmadi.
So‘nggi oylarda fuqarolarning xorijga, birinchi navbatda Turkiyaga chiqishiga to‘sqinliklar bo‘layotgani kuzatilmoqda. Shu bilan birga hukumat chet eldagi fuqarolarni, jumladan mehnat muhojirlari va xorijiy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan talabalarni Turkmanistonga qaytarish maqsadida qator choralarni ko‘rayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter