Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda 56 yoshli shaxs o‘z «shishadoshi» tomonidan urib o‘ldirildi

Xorazmda 56 yoshli shaxs o‘z «shishadoshi» tomonidan urib o‘ldirildi

Xorazmda ichkilikbozlik natijasida kelib chiqqan janjal qotillik jinoyatiga sabab bo‘ldi. Achinarli tomoni, janjal katta yoshli odamlar o‘rtasida kelib chiqqan.

2020 yil 15 fevral kuni soat taxminan 19:00da 54 yoshli R.K. Yangiariq tumani «R.Otajanov» mahallasida joylashgan yashash uyida tanishi 56 yoshli S.J. bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘zaro janjallashib qoladi. Shundan so‘ng R.K. qo‘llari va oyoqlari bilan S.J.ni urib-tepib do‘pposlaydi. Oxir-oqibat S.J. hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiariq tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (odam o‘limiga sabachi bo‘lgan, qasdan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, R.K. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Manba: tergov.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring