Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar kalamushlarni alkogolizmdan davolashdi

Olimlar kalamushlarni alkogolizmdan davolashdi

Foto: «Ferra»

Naked Science yozishicha, olimlar kalamushlarni alkogolizmdan davolashdi. Qanday qilib?..

Ma’lum bo‘lishicha, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish genlarga borib taqadi. Buni kalamushlarda o‘tkazilgan sinovlar ko‘rsatdi — CRISPR-dCas9 tizimi yordamida laboratoriya jonivorlari yomon illatdan xalos etildi...

O‘smirlik chog‘idayoq mayga oshno tutinganlar ichkilikbozlikka moyilroq bo‘lishadi. Spirtli ichimliklar yoshlarga, ayniqsa, ularning miyasi faoliyatiga salbiy ta’sirini o‘tkazadi. Xotira va boshqa muhim funksiyalarning ishlashida bosh rolni o‘ynovchi Arc geni faolligi alkogol iste’moli oqibatida pasayib boradi.

Olimlar gen muhandisligi asboblaridan o‘sha susayib qolgan Arc genini tuzatishda foydalanishdi. Buni xuddi smartfonni «zavod sozlamalari»ga qaytarishga tenglashtirish mumkin.

Qo‘llanilgan CRISPR-dCas9 tizimi tarkibida modifikatsiyalangan Cas9 oqsili mavjud. Genni tahrirlash natijasida «ichkilikboz-kalamushlar»ni spirtli ichimliklardan qaytara olishdi.

«Tadqiqotlarimiz bodomsimon tanada epigenetik tahrirlash hatto o‘smirlik chog‘ida iste’mol qilingan alkogolning katta yoshga yetgandagi ta’siri — psixopatologik holatni me’yorlashtirish imkonini berishini ko‘rsatdi», — deya ta’kidlashdi olimlar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring