Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik ayol Malayziyada qo‘lga olindi

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik ayol Malayziyada qo‘lga olindi

Kuala-Lumpurdan Toshkentga Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari hamkorligida odam savdosi bo‘yicha xalqaro qidiruvda bo‘lgan va ko‘p yillar Malayziyada yashirinib yurgan jinoyatchi olib kelindi.

Qayd etilishicha, ushbu ayol firibgarlik yo‘li bilan xorijda yaxshi maoshli ishga joylashtirib berishni va’da qilib, qizlarni Malayziyaga olib borib, o‘z sheriklari bilan jabrlanganlarning pasportlarini zo‘rlik bilan olib, fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlagan.

Gumonlanuvchi Interpolning Toshkent va Kuala-Lumpurdagi Milliy markaziy byurolari o‘rtasidagi hamkorlikdagi tadbirlar hamda tezkor-axborot ko‘magi, shuningdek, O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi diplomatik missiyasining bevosita yordami natijasida qo‘lga olingan. Kelishilgan harakatlar tufayli qidiruvdagi ayolni qo‘lga olish va Malayziya rasmlari jinoyatchini O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilmaguncha uni hibsda saqlash mumkin bo‘ladi.

Bosh prokuraturaning ekstraditsiya to‘g‘risidagi iltimosnomasi ijobiy ko‘rib chiqilishi natijasida qidiruvda bo‘lgan ayol sudda adolat qaror topishi uchun Toshkent shahriga yetkazib olib kelish maqsadida O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlariga topshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring