Tuzatish. Yoki IIB xodimi «quloqqa tepdi»mi?
Sanoqli soatlar avval saytimizda Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Gulshanoy Koshkarovaning Human.uz axborot portali rahbari, jurnalist-bloger Xurshid Daliyevga tuhmat qilganiga oid xabar joylagandi.
Unda hokimlik mulozimiga nisbatan «tuhmat» ayblovi bilan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish qo‘zg‘atilgani, «delo» Andijon shahar ma’muriy sudiga yuborilgan (dekabr oyi oxirlarida) bo‘lsa-da, favqulodda tezkorlik bilan ko‘rib chiqilgan «bloger Nuritdinov ishi»dan farqli ravishda «dam yeb» qolgani bayon qilingan edi.
Mazkur xabar yuzasidan Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov biz bilan aloqaga chiqib, shu yilning 4 yanvar holatiga Andijon shahar ma’muriy sudiga G.Koshkarovaga oid material kelib tushmaganini bildirar ekan, gap orasida «axborot bergan manbani yaxshilab o‘rganish»ni beozor ohangda pisanda qilishni unutmadi.
Shundan so‘ng jurnalist-bloger Xurshid Daliyev bilan bog‘landik. U aytdiki, «...ha, aka, yangi yildan bir necha kun avval Andijon shahar IIB xodimi «delo»ni sudga yuborgandim, degandi...».
Qisqasi, «delo» Andijon shahar ma’muriy sudiga hali kelib tushmagan.
Shundan kelib chiqib, avvalgi xabardagi «... asakalik bloger O.Nuritdinovga nisbatan 30 dekabr kuni ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish qo‘zg‘atilib, o‘sha kuniyoq sud qarori bilan 15 sutka qamoq jazosi berilgandi. Boshqa bloger — Xurshid Daliyev jabrlanuvchi bo‘lib o‘tgan mazkur «ish» esa ma’muriy sudda hamon «dam yeb» yotibdi...» jumlasidagi «ma’muriy sudda hamon «dam yeb» yotibdi» so‘zlari «ish»ga Andijon shahar IIBda hamon «kinna solinyati», chog‘i?..» deya tuzatib o‘qishingiz so‘raladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter