Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘yda sochish uchun 100 mingtalik yasagan shaxslar qamoqqa olindi

To‘yda sochish uchun 100 mingtalik yasagan shaxslar qamoqqa olindi

Foto: Tergov departamenti

Toshkentda to‘yda sochish uchun yuzta 100 ming so‘mlik kupyuralarni qalbakilashtirgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, 23-yanvar kuni 27 yoshli A.J. va O.X. tanishlari 28 yoshli T.T.ning nikoh to‘yi bo‘layotgani munosabati bilan to‘yda o‘ynayotgan mehmonlarning ustidan pul sochish maqsadida o‘zlarining sinfdoshlari 27 yoshli A.T.ga bir dona AE 2489763 raqamli 100 ming so‘mlik kupyurani 10 million so‘m miqdorida yasab berishi uchun bergan.

A.T. ushbu pullarni kompyuter yordamida qalbakilashtirib yasab berganidan so‘ng bo‘lajak kuyov bundan xabar topib, ulardan qalbaki 2 million 300 ming so‘m pullarni olib, Qo‘yliq bozorida sarflab yurgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan. U xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilinganida yonidan yana 14 dona AE 2480763 raqamli 100 ming so‘mlik kupyuralar topilib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sud texnika-kriminalistika ekspertizasining xulosasida 14 dona 100 ming so‘mlik AE 2489763 raqamli pul kupyuralari poligrafik usulda tayyorlanganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.J. O.X., T.T., A.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi «v» bandi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov tamomlanib, ayblanuvchilar himoyachilari ishtirokida ish hujjatlari bilan tanishtirilgan. Hozirda jinoyat ishi ayblov xulosasini tasdiqlash uchun Bektemir tumani prokuraturasiga yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring