Toshloq tumanidagi talonchilik
2021-yil 29-mart kuni soat 19:00 larda «Muhammadali» ismli shaxs va sheriklari Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahriga Rishton tumanidan o‘qishga kelgan 21 yoshli Sanjarbek A. bilan tanishadi. Uni Toshloq tumanidagi tashlandiq joyga aldab olib borib, urib do‘pposlaydi va narxi 2 100 000 so‘mlik telefon apparatini talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritadilar. Bu yahaqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni voyaga yetmagan 16 yoshli Muhammadamin T., 14 yoshli Tamir D., 19 yoshli Mirkomil Q.lar sodir etganliklari aniqlandi. Muhammadamin T. Sanjarbek A. bilan tanishib uning soddaligidan foydalanib, qo‘lidagi qimmatbaho telefon apparatini qo‘lga kiritish maqsadida uyidagi ishlariga yordam berib yuborishini aytib, uni qarovsiz dalaga olib borib ushbu jinoyatni sodir etganliklari ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Muhammadamin T., Tamir D., va Mirkomil Q.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-modasi 2-qismi «v» bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter