Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent-Volgograd poyezdida jasad topilganmidi? Yo‘lovchining o‘limiga nima sabab bo‘lgan?

Toshkent-Volgograd poyezdida jasad topilganmidi? Yo‘lovchining o‘limiga nima sabab bo‘lgan?

Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan «joriy yilning 7 sentyabr kuni «Aksarayskiy» (Rossiya) nazorat-o‘tkazish punktidagi chegara tekshiruvi paytida poyezddan vafot etgan yo‘lovchi topildi» degan xabarga «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ ma’muriyati izoh beradi.

2019 yilning 7 sentyabr kuni Rossiyaning Astraxan viloyat hududida harakatlanayotgan 323-sonli poyezdning 13-vagonida ketayotgan 52 yoshli A.G ismli yo‘lovchi o‘zini yomon his qilgan va tobi qochgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumanida yashagan A. G joriy yil 5 sentyabr kuni Nukusdan Volgogradga borish uchun yo‘lga chiqqan edi.

Uning tobi qochgani hamono vagon kuzatuvchilari darhol tez tibbiy yordam chaqirishgan. Poyezd «Aksarayskiy» (Rossiya) nazorat-o‘tkazish punktiga yetib kelganda yo‘lovchining ahvoli og‘irlashgan va vafot etgan.

Vagon kuzatuvchilari hamda yo‘lovchilarning so‘zlariga qaraganda yo‘l davomida hech qanday zo‘ravonlik, yoki qasddan zarar yetkazish holatlari kuzatilmagan. Chegara punktiga kelgan shifokorlarning ma’lumotiga ko‘ra A.G ning vafotiga uning yurak xuruji sabab bo‘lgan.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ ma’muriyati marhumning oila a’zolariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring