Toshkent viloyatida «qoradori» zanjiri fosh qilindi
Respublika chegarasidan narkotik olib o‘tib savdo qiluvchi ikki shaxs taxminiy bahosi 40 million so‘mga teng bo‘lgan ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan. Ushlangan shaxslarga jinoiy ish ochilgan.
Xabar berilishicha, joriy yilning 5-iyul kuni Toshkent viloyati IIBB hamda Bekobod shahar IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Bekobod shahrida yashovchi 27 yoshli Abrorjon X. xolislar ishtirokida gumonlanib tekshirilganda, uning yonidan vazni 500 gr gashish giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, hujjatlashtirilib olingan.
Ushlangan shaxs bilan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, u gashish giyohvandlik vositasini, yaqin tanishi Sarvar ismli shaxsdan 3 500 AQSh dollari evaziga sotib olganligi hamda hozirda mijozlariga sotish maqsadida olib ketayotganligi aniqlangan.
Sarvar ismli shaxsni jinoyat ustida qo‘lga olish maqsadida o‘tkazilgan tezkor tadbir davom ettiriladi.
Bekobod shaharida yashovchi 22 yoshli Sarvar X. mijozi Abrorjonga gashish giyohvandlik vositasi evaziga kelishilgan pul miqdorining 200 AQSh dollari va 2 million 20 ming so‘mini olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Qo‘lga olingan Sarvar X. bilan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, u gashish giyohvandlik vositasini,Tojikiston Respublikasida yashovchi tanishi Hasan ismli shaxsdan 3 500 AQSh dollari evaziga sotib olganligi aniqlangan.
Hozirda Bekobod shahar IIB TB tomonidan ushlangan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter