Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyati «SES» bo‘lim mudirlari ushlandi

Toshkent viloyati «SES» bo‘lim mudirlari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Shayxontohur tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘lim mudiri X.F. «X.D.» xususiy korxonasiga qarashli O‘rtachirchiq tumanida joylashgan yer maydonidan olingan namunalar bo‘yicha epizotik kasalliklar mavjud emasligi to‘g‘risidagi xulosani ijobiy hal qilib berish evaziga 800 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ushlanib, uning ko‘rsatuvlariga asosan tadbir davom ettirilganda, boshqarmaning yuqumli kasalliklarga xulosa berishga mas’ul bo‘limi mudiri R.X. X.F.dan 400 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan X.F. va R.X.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deya xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring