«Tasviriy oyna»ga o‘g‘ri tushdi

2019-yil 11-fevral kuni Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida yashovchi, «Tasviriy oyna» ijodiy uyushmasi rahbari J.Q. IIBga murojaat qilib, shu yil 10-fevral kuni noma’lum shaxs uyushma xonasiga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, u yerdan «Aser» rusumli noutbuk va «Samsung» rusumli printerni o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni G‘aniobod mahallasida yashovchi D.T. (ismli ayol) sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter