Taniqli shaxslar, blogerlar, vaynerlarga nisbatan tekshiruv boshlangan
Ijtimoiy tarmoqlar orqali tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni, xususan, onlayn qimor o‘yinlarini targ‘ib qilayotgan taniqli shaxslar, blogerlar, vaynerlar va boshqalar aniqlanib, ularga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ularning xatti-harakatlariga nisbatan qonuniy chora ko‘riladi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda totalizator va bukmekerlik faoliyatiga oid 100dan ortiq reklama bartaraf etilgani, 30dan ortiq saytga kirish cheklangani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter