Totalizatorga aloqador o‘ttizdan ortiq saytga kirish cheklandi
2021-yilda totalizator va bukmekerlik faoliyatiga oid 100dan ortiq reklama bartaraf etildi. 30dan ortiq saytga kirish cheklandi.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi matbuot kotibi Mohruxsor Tog‘ayeva ma’lum qildi.
2021 yilda nohalol raqobatga va noto‘g‘ri reklamaning oldini olish maqsadida 27 mingga yaqin o‘rganish o‘tkazilib, 15 ming 486 holatda kamchilik aniqlandi va bartaraf etildi.
O‘tkazilgan o‘rganishlarda 102 ta holatda totalizator va bukmekerlik faoliyati reklamasi aniqlangan va ularning barchasi bartaraf etilgan.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda 30 dan ortiq totalizator va bukmekerlik reklamasini yurituvchi saytlarga kirish cheklab qo‘yildi.
Savdo va umumiy ovqatlanish ob’yektlari tashqi va ichki qismida reklama qilinishi taqiqlangan mahsulotlarga, yayne tamaki, alkogol, elektron sigaret, pivo va boshqa reklama-axborotlarini joylashtirish holatlari bo‘yicha olib borilgan 2 611 ta o‘rganishlar davomida 1 ming 71 ta holatda aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilingan. Shunindek daraxtlarga o‘rnatilgan 3 416 ta noqonuniy reklama va e’lonlar olib tashlanishi ta’minlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter